Foydalanilmagan xizmatni qaytarish

Qo‘shimcha xizmatlarni qaytarish



Pullik asosda olingan qo‘shimcha xizmatlar narxini qaytarish.

Ko‘rsatilmagan qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha pul mablag‘larini qaytarish uchun xizmat narxini qaytarish shaklini to‘ldirishingizni taklif qilamiz.

Ushbu shakl “Uzbekistan Airways” AJ korporativ sayti orqali rasmiylashtirilgan qo‘shimcha xizmatlarning to‘langan narxini qaytarish tartibini boshlash uchun mo‘ljallangan.

Agar xizmat “Uzbekistan Airways” AJ sotuv bo‘limlarida yoki tashqi saytlar orqali ko‘rsatilgan bo‘lsa, xizmat narxini qaytarish uchun, iltimos, ushbu sotuv bo‘limi yoki sayt bilan bog‘laning.

Sizga qaytarilishi lozim bo‘lgan pul summasi tasdiqlangan qoidalar va shartlarga muvofiq hisob-kitob qilinadi. (Ommaviy ofertaning 4-bandi).

Xizmat narxi yoki qaytariladigan pul miqdorini bilish uchun ushbu shakldan foydalanish to‘g‘ri kelmaydi. Haqiqiy shakl yuborilgandan so‘ng taqdim etilgan xizmat bekor qilinadi.

Mijozga pul mablag‘ini qaytarib berish naqd pulsiz, aviachipta uchun haq to‘langan bank kartasi egasining hisob raqamiga pul o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.



250-420