Saytning yanada qulay bo`lishi uchun biz cookies va user id-dan foydalanamiz. Sizning saytda qolishingiz ularni qo`llash siyosatiga roziligingizni bildiradi.

Chipta sotib olish

Aviachiptani qaytarish

Aviachipta narxini qaytarib berish uchun soʻrovnoma shakli



Ushbu soʻrovnoma shakli faqatgina "Uzbekistan airways" AJ sayti orqali sotib olingan aviachiptalarni qaytarish tartib-tamoyilini amalga oshirish uchun moʻljallangan.

Agar sizning chiptangiz "Uzbekistan airways" AJ sotish shoxobchalaridan yoki boshqa saytlar orqali sotib olingan boʻlsa, aviachipta uchun toʻlangan pulni qaytarib olish uchun ana shu shoxobchaga yoki saytga murojaat qiling.

Sizga qaytarib berilishi kerak boʻlgan pul miqdori tarif shartlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi va aviachipta sotib olingan yoki amalga oshirib boʻlingan parvozlar sanasiga bogʻliq boʻladi.

Aviachipta uchun qaytarib beriladigan pul miqdorini yoki qaytariladigan summani bilish uchun ushbu soʻrovnoma shaklidan foydalanish mumkin emas. Ushbu soʻrovnomani joʻnatishingiz bilan Sizning broningiz bekor qilinadi.

Ayni paytda bizga aviachiptalarni topshirish va qayta bronlash masalasida ko'plab murojaatlar va so'rovlar kelib tushmoqda. Bizning xodimlarimiz ularning barchasini tezda hal qilish uchun qo'lidan kelganicha harakat qilishmoqda.

Bekor qilingan qatnovlarga bo'lgan chiptalarni topshirish yoki cheklovlar bekor qilinganidan keyin amalga oshiriladigan aviakompaniyamizning qatnovlariga qaytadan bron qilishni istagan barcha yo'lovchilar buni jarimalar va sanktsiyalarsiz amalga oshirishlari mumkin bo'ladi.

Mijozga pul mablag‘ini qaytarib berish aviachipta uchun haq to‘langan bank kartasi egasining hisob raqamiga pul o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.



captcha