Pullik o'rinlarni qaytarish

Joyni qaytarish



Bepul tanlangan joyni bekor qilish

Bepul tanlangan joy ushbu saytning “Joyni tanlash” bo'limi orqali bekor qilinadi. Joyni bekor qilish uchun ushbu bo'limning birinchi sahifasidagi tegishli kataklarga aviachipta raqami, familiya va yo'nalishni kiritish kerak. So'ngra “Bronlash” tugmasi bosiladi. Parvoz haqidagi ma’lumotlarga ega keyingi sahifaning pastki qismida “Joyni bekor qilish” tugmasi bosiladi. Quyida ko'rsatilgan shaklni to'ldirish talab etilmaydi.

Pul to'lash orqali tanlangan joyni qaytarish

Ushbu shakl faqatgina "Uzbekistan airways" AJ korporativ sayti orqali rasmiylashtirilgan “Joyni tanlash” xizmati uchun to'langan pulni qaytarish uchun mo'ljallangan.

Agar xizmatlar "Uzbekistan airways" AJ sotuv bo'limlarida yoki tashqi saytlar orqali ko'rsatilgan bo'lsa, xizmat narxini qaytarish uchun marhamat qilib, ushbu sotuv bo'limi yoki sayt bilan bog'laning.

Sizga qaytarilishi lozim bo'lgan pul summasi tasdiqlangan qoidalar va shartlarga muvofiq hisob-kitob qilinadi.

Xizmat narxi yoki qaytariladigan pul miqdorini bilish uchun ushbu shakldan foydalanish yaramaydi. Ushbu shakl jo'natilgach, Siz tanlagan joy bekor qilinadi. Joy bekor qilingandan so'ng ko'pi bilan besh ish kuni ichida pul mablag'i bank kartasiga qaytariladi.

Mijozga pul mablag‘ini qaytarib berish aviachipta uchun haq to‘langan bank kartasi egasining hisob raqamiga pul o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.



captcha