Pullik o'rinlarni qaytarish

Возврат услуги сверхнормативного багажа



Pul mablag‘larini qaytarish

Pullik asosda olingan “Me’yordan ortiq yuk” xizmati narxini qaytarish.

Taqdim etilmagan “Me’yordan ortiq yuk” xizmati summasini qaytarish uchun siz “Me’yordan ortiq yuk” xizmati uchun to‘langan pulni qaytarish shaklini to‘ldirishingiz kerak. Ushbu shakl faqatgina “Uzbekistan Airways” AJ korporativ sayti orqali rasmiylashtirilgan “Me’yordan ortiq yuk” xizmati uchun to‘langan pulni qaytarishga mo‘ljallangan.

Agar xizmat “Uzbekistan Airways” AJ sotuv bo‘limlarida yoki tashqi saytlar orqali ko‘rsatilgan bo‘lsa, xizmat narxini qaytarish uchun, iltimos, ushbu sotuv bo‘limi yoki sayt bilan bog‘laning.

Sizga qaytarilishi lozim bo‘lgan pul summasi tasdiqlangan qoidalar va shartlarga muvofiq hisob-kitob qilinadi. (Ommaviy ofertaning 4-bandi).

Xizmat narxi yoki qaytariladigan pul miqdorini bilish uchun ushbu shakldan foydalanish to‘g‘ri kelmaydi. Haqiqiy shakl yuborilgandan so‘ng taqdim etilgan xizmat bekor qilinadi.

Mijozga pul mablag‘ini qaytarib berish naqd pulsiz, aviachipta uchun haq to‘langan bank kartasi egasining hisob raqamiga pul o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

“Me’yordan ortiq yuk” xizmati uchun to‘langan pulni qaytarish SHAKLI



>
captcha