Vaucher uchun talabnoma shakli
Yo‘lovchilar tomonidan aviachiptalar va qo‘shimcha xizmatlar uchun 2021-yil 31- dekabrgacha to‘langan summani qaytarishni ta’minlash uchun 2020-yil 1-iyuldan depozit vaucherlarni rasmiylashtirish amalga oshiriladi.
- Depozit vaucherini rasmiylashtirish, qaytarilishi lozim bo‘lgan chipta narxi summasiga, plyus aviachiptani xarid qilgan joyi bo‘yicha shu summadan 5%ga teng bonus taqdim etiladi.
- Depozit vaucherlari ularni rasmiylashtirish sanasidan boshlab yil davomida yo‘lovchilar tomonidan “Uzbekistan Airways” AJning reyslaridagi haq qanday boshqa tashuv to‘lovlari yoki qo‘shimcha xizmatlar to‘lovlari uchun foydalanilishi mumkin.
- Vaucherni rasmiylashtirish sanasidan bir yil o‘tishi bilan depozitning foydalanilmagan summasi yo‘lovchiga dastlabki to‘lov shaklida qaytariladi.
- Vaucherni rasmiylashtirish, ariza berilgan sanadan boshlab 10 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.